AsosiyJamiyat

Qazaq Geography guruhi Orol dengizida ekspedisiya boshladi

'Qazaq Geography guruhi Orol dengizida ekspedisiya boshladi'ning rasmi

10 may kuni Nazarbaev universiteti va Qozog`iston milliy geografik jamiyati - Qazaq Geography ekspedisiya guruhi Orol dengiziga bag`ishlangan ilmiy-ma`rifiy ekspedisiyasini boshladi.

Shimoliy va Janubiy Orol sohillarini o`rganishga bag`ishlangan “Orol 2018” ekspedisiyasi 10-29 may kunlari oralig`ida bo`lib o`tadi. Gidrobiolog olimlar va kartograflar ekspedisiyasi tarkibida mashhur jurnalistlar, fotosuratchilar ham bor.

Joriy yilgi ekspedisiya o`rganish joylariga Janubiy Orol (Orolning O`zbekiston tomoni) ham kiritilgan. Ilmiy ekspertizaning natijalari bo`yicha plankton guruhlarning biologik xilma-xilligi, suvning sho`rlanishi, fosfor darajasi bo`yicha ma`lumot yig`iladi. Bu esa Shimoliy va Janubiy Orol sohillaridagi ekologik holatni oldindan bashorat qilish imkonini beradi.

Shuningdek, ekspedisiyada Orol sohillari bo`yicha turistik yo`nalishlar xaritasini ishlab chiqish, foto va videomateriallarni tayyorlash uchun ma`lumot yig`iladi.

- Bu Qazaq Geography ekspedisiya guruhining Orol dengiziga tashkillashtirayotgan uchinchi ilmiy-ma`rifiy tashrifi. Joriy yil ham tashrifimiz Nazarboev universiteti olimlari bilan birga tashkil etildi. O`rganish joylariga Janubiy Orol ham kirdi, – deydi Qazaq Geography jamiyati boshqarma boshlig`i Qanat Bayg`arin.

Tashrifdagi 19 kun davomida ekspedisiya tarkibidagi 20 kishi 5 avtomobilda Qozog`iston va O`zbekiston hududidagi 7 ming kilometrlik masofani bosib o`tadi.

– Tashrif “Ostona – Balqash – Shuv – Taraz – Chimkent –Toshkent – Samarqand-Buxoro – Urganch – Nukus – Mo`ynoq – Orol dengizi – Beyneo` – Bozoy – Orol dengizi-Orol – Qizilo`rda – Jezqozgan – Qarag`andi – Ostona” yo`nalishi bo`yicha o`tkaziladi, - deydi ekspedisiya rahbari Nurjan Alg`ashov.

    Boshqa yangiliklar