AsosiyJamiyat

Bayram salyutlari endilikda Toshkentning bir necha joiyda otiladi

'Bayram salyutlari endilikda Toshkentning bir necha joiyda otiladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahrida o`tkaziladigan kelgusi bayramlarda otiladigan mushaklarning sifatini va go`zalligini, zamonaviy shakllarda aks etishini xalqaro darajaga ko`tarishni va otiladigan mushaklarning sonini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda.

"Poytaxtimizda bo`lib o`tadigan har bir bayramlarda, siz aziz shahrimiz aholisi va mehmonlariga o`zgacha bir kayfiyat bag`ishlash maqsadida, Toshkent shahar hokimligi bor imkoniyatini ishga soladi. Bundan tashqari, shahrimiz aholisi va mehmonlari mushakbozlikdan bahra olish imkoniyatiga ega bo`lishlari uchun, shahrimizning bir nechta hududlarida o`tkazilishini ko`rib chiqmoqda", - deyiladi hokimlik axborotida.

    Boshqa yangiliklar