O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg`izistonga kelayotgan O`zbekiston fuqarolariga murojaat etdi.
Xabarda ta`kidlanishicha, Qirg`iziston Respublikasi Hukumatining "Chet el fuqarolarining va fuqaroligi yo`q shaxslarning Qirg`iziston hududida ro`yxatdan o`tishi" to`g`risidagi qaroriga muvofiq, chet elliklar, shu jumladan O`zbekiston fuqarolari ham Qirg`iziston davlat chegarasini kesib o`tgan kundan boshlab, 5 ish kuni mobaynida ro`yxatdan o`tishlari shart.
Shuningdek, Qirg`iziston hududida o`rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Qirg`iziston Respublikasi qonunchiligida belgilangan 10 000 som miqdorida jarima jazosi qo`llaniladishi haqida ogohlantirilgan.
Batafsil ma`lumotni O`zbekistonning Qirg`izistondagi elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan (www.uzbekistan.kg) yoki elchixonaning konsullik bo`limidagi +996 (312) 986-296 telefon raqami orqali murojaat qilib olish mumkin.






