AsosiyDunyo

AQShning eng keksa fuqarosi vafot etdi

'AQShning eng keksa fuqarosi vafot etdi'ning rasmi

Amerikalik Delfin Gibson 114 yoshida olamdan o`tdi.

Uning vafot etgani haqida Pensilvaniya shtati gubernatori Tom Volf “Twitter”da ma`lum qilgan

1903 yil 17 avgustda tug`ilgan Delfin Gibson 2004 yildan buyon Pensilvaniyaning Xantingdon shahri qariyalarni parvarish qilish markazida yashab kelayotgan edi. U o`tgan yilda 114 yoshini qarshi olib, AQShning eng keksa fuqarosiga aylangan bo`lgan. 2018 yilning 28 aprelida esa dunyoning eng keksa insonlari ro`yxatiga kirgan.

Uzoq umr ko`rishning siri nimada, deb so`raganlarga e`tiqod va xush kayfiyat deb javob berib kelgan Delfin Gibsonning hozirda faqat katta o`g`li hayot.

Gerontolog-tadqiqotchilar tuzgan uzoq umr ko`ruvchilar ro`yxatiga ko`ra endilikda 113 yoshli Lessi Braun AQShning eng keksa fuqarosidir.

    Boshqa yangiliklar