Bugun Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika Kengashida yig`ilish bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda O`zA.
Unda 2004 yildan buyon Davlat soliq qo`mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Botir Rahmatovich Parpiev Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika Kengashi raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.






