AsosiyDunyo

Malayziyada o`tkazilgan parlament saylovida Maxatxir Muhammad g`alaba qozondi

'Malayziyada o`tkazilgan parlament saylovida Maxatxir Muhammad g`alaba qozondi'ning rasmi

Malayziyada o`tgan parlament saylovlaridag`alaba qozongan Maxatxir Muhammad mamlakat bosh vaziri lavozimini egalladi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Mamlakatda o`tgan parlament saylovlarida g`alaba qozongan Maxatxir Muhammad mamlakat bosh vaziri sifatida qasamyod qildi. U mamlakatning ettinchi bosh vaziri hisoblanadi.Tantanali marosim Malayziya qiroli Yang di-Pertuan Agonga ishtirokida o`tgan.

Mamlakat konstitusiyasiga ko`ra, bosh vazir nomzodini qirol tasdiqlaydi. Maxatxir Muhammad ushbu lavozimni avval ham, ya`ni 1981 yildan 2003 yilgacha egallagan edi. Saylov komissiyasi ma`lumotlariga ko`ra, Muhammad boshchiligidagi “Umid alyansi” koalisiyasi parlamentdagi 222 ta o`rindan 112 tasini olgan. Koalisiyaning asosiy raqibi esa hukmron UMNO partiyasi bo`lgan.

Malayziya parlameti saylovlarida mamlakat mustaqillikka erishganidan beri ilk bora “Umid alyansi” muxolifat koalisiyasi g`alaba qozondi. Saylovdagi mag`lubiyati tufayli avvalgi bosh vazir Najjib Razzoq istefoga chiqdi. U 2009 yilda bosh vazir sifatida ish boshlagan edi.

    Boshqa yangiliklar