AsosiyJamiyat

Halok bo`lgan o`qituvchining oilasiga tovon pullari tayinlandi

'Halok bo`lgan o`qituvchining oilasiga tovon pullari tayinlandi'ning rasmi

Kattaqo`rg`on tumanidagi 42-sonli maktabning mehnat to`garagi o`qituvchisi Diana Enikeevaning vafoti Maxsus tekshirish komissiyasi xulosasiga binoan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa deb topildi va tegishli tartibda N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzildi.

Maxsus tekshirish komissiyasi faoliyatida kasaba uyushmalari vakili ham ishtirok etdi va voqealar rivoji O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining doimiy nazoratida bo`lib turdi.

Yakuniy hisob-kitoblarga ko`ra, Diananing yaqinlariga quyidagi to`lovlar to`lanishi belgilandi:

- “Agrosug`urta” sug`urta kompaniyasining Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan marhum Diana Enikeevaning oilasiga bir marta to`lanadigan 44 mln 697 ming 096 so`m bir yo`la nafaqa miqdori belgilangan. Bunda Diananing olti yillik o`rtacha ish haqi hisobga olingan.

- Shuningdek, boquvchisini yo`qotganlik tufayli Diananing farzandiga oyma-oy 206 ming 931 so`m miqdorida nafaqa to`lash belgilandi. Ushbu nafaqa farzandi toki 16 yoshga to`lgunga qadar, ya`ni 2018 yil mart oyidan 2032 yil 4 fevralga qadar to`lab boriladi.

- Bundan tashqari, 2019 yil 4 fevralga qadar, ya`ni Diananing farzandi uch yoshga to`lgunga qadar jami 2 mln 211 ming 634 so`mlik to`lov ham tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar