AsosiyJamiyat

Advokatlik uchun stajirovka muddati qisqartirildi

'Advokatlik uchun stajirovka muddati qisqartirildi'ning rasmi

Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu hafda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

Farmonga muvofiq 2018 yil 1 iyuldan boshlab:

- advokat nizolarni sudgacha hal qilish bo`yicha choralar ko`rish, tomonlarni yarashtirish, shuningdek hakamlik sudyasi sifatida qatnashish huquqiga ega bo`ladi;

- advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka o`tash muddati olti oydan uch oyga qisqartiriladi;

- uch yil davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida faoliyat yuritgan shaxslar majburiy stajirovkadan ozod etiladi.

    Boshqa yangiliklar