2018 yil 13 may kuni soat 16.20dan 17.45gacha bo`lgan vaqt oralig`ida Toshkent viloyati hududida qisqa muddatli kuchli yomg`ir yog`ishi kuzatildi.
Natijada viloyatning Toshkent tumani “Chig`atoy” MFY, Zaxariq ko`chalarida, Parkent tumani “Qoraqalpoq” QFY ko`chalarida, Yuqorichirchiq tumani “Jumabozor” MFY ko`chalarida, O`rtachirchiq tumani “Sholikor” MFY hududidagi Fidoyilar, Tanovor, Olmos ko`chalarida ichki sug`orish ariqlariga yomg`ir yog`ishi tufayli shoh-shabbalar yig`ilib qolishi natijasida bir nechta xonadon hovlilarga suv toshib kirgan va ko`rilgan choralar natijasida, xonadonlarda suv toshqini oldi olingan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, aholi va fuqarolarning uy-joylariga talofat etmagan. Jarohat olganlar yo`q.






