1

O`zbekiston zaminiga birinchi kelgan amerikaliklar kimlar edi?

Moziydan sado 14.05.2018, 17:27
O`zbekiston zaminiga birinchi kelgan amerikaliklar kimlar edi?

O`zbekiston Respublikasi kinofotohujjatlari markaziy davlat arxivida minglab hujjatlar saqlanmoqda.

— AQSh-O`zbekiston aloqalari 1939 yilda boshlangani haqida fotosuratlar saqlanmoqda, – deydi arxiv fondlarini bosh saqlovchisi Umida Akromova. – To`g`ri, ular u qadar ko`p emas. Lekin arxivimizda saqlanayotgan suratlarda AQShning harbiy havo kuchlari va suv osti kemalarining turli maneverlari aks ettirilgan bo`lib, 1939 yilda tasvirga muhrlangan.

Arxivda saqlanayotgan minglab suratlar orasidan mana shu diqqatimizni tortdi. Uning orqa tarafiga 1975 yil. 28.04 Ibragimov olgan fotosurat deya yozilgan. U yana sovet kosmonavtlari va amerikalik astronavtlar Mirzo Ulug`bek rasadxonasida, degan yozuv bilan to`ldirilgan.

045c7c4f-7d22-4d8d-a9b9-cea208f587f1.jpg

Ko`pchilik turli mamlakat vakillarining hamkorlikda kosmosga uchishi "Soyuz — 19" va "Apollon" kemalaridan boshlanganini biladi. Lekin ana shunday tarixiy parvozdan oldin kosmonavt va astronavtlarning Samarqandda bo`lib, Mirzo Ulug`bek rasadxonasini ziyorat qilgani hammaga ham ma`lum emas. Ushbu fotosurat bu sayohatni tarixga muhrlagan.

Bu amerikaliklarning ilk sayohati deganlar yangilishadi. Unga qadar ham yurtimizga bu o`lkadan turli kasb egalari bir necha bor sayohat uyushtirgani arxiv fotosuratlarida aks etgan. Misol uchun, ulardan biri fotograf Georgey Pun tomonidan 1953 yilda olingan. Unda AQShdan kelgan yoshlar delegasiyasi Toshkentdagi Alisher Navoiy davlat kutubxonasida noyob kitoblar bilan tanishayotgan jarayoni fotoga muhrlangan.

451a6354-3e33-4b21-a37d-f0d81612c820.jpg

Amerikalik jurnalist Petran xonimning Yangiyo`l tumanida kolxoz raisi X.Tursunqulov bilan uchrashganiga nima deysiz? Bu voqea 1956 yilda yuz bergani fotosurat ortiga belgilab qo`yilgan.

61782f50-3557-4cd2-ab2a-5346a0ae585e.jpg

Amerikalik yozuvchi Uilyam Stayron 1968 yilda O`zbekistonga kelib, Samarqandga sayohat qilgan ekan. Uning samarqandlik qizcha bilan samimiy muloqoti buni tasdiqlaydi.

45924321-bbba-4f63-8894-d90d445d12ab.jpg

Qayd etish joizki, bu yozuvchi 1925 yilda tug`ilgan bo`lib, uning ko`plab asarlari o`z o`quvchisiga ega. Xususan, Fransiyaning eng ommabop «Le Monde» gazetasi 1999 yili XX asrning eng yaxshi kitoblarini aniqlash uchun so`rov o`tkazganda Uilyam Stayronning 1979 yilda yozilgan «Sofining tanlovi» asari ham ro`yxatda yuqori o`rinlarni band qilgan.

Va yana o`n mingdan ziyod fotosuratlar saqlanayotgan kartotekada fotograf Mazur olgan suratda AQShdan kelgan sayyohlarning Toshkent tekstel kombinat vakillari bilan uchrashuvi aks ettirilgan. 1963 yilda olingan bu suratda samimiy muloqotni ko`rish mumkin.

6f0de587-231f-47b4-86f9-1a7f668883e0.jpg

1971 yilda olingan bir fotosuratda AQShlik mehmonlarning Toshkent shahridagi bolalar bog`chasining faoliyati bilan tanishayotgani aks ettirilgan.

6c80be58-709f-4968-8418-2c1ee12c3740.jpg

Bu kabi fotosuratlar O`zbekiston Respublikasi kinofotohujjatlari markaziy davlat arxivida juda ko`plab topiladi...

Sayyora Shoeva, O`zA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1