Dunyo jamoatchiligining butun etibori Rohingya musulmonlari muammosiga qaratilgan bir paytda, Myanmadagi yana bir kam sonli millat-Kachin Xristianlari harbiylar tomonidan qirib tashlanish xavfi ostida turibdi.
Unutilgan urush:
Asrlar davomida taxminan 1600000 sonli Kachin millati Xitoy chegarasiga yaqin shimoliy Myanma tog`larida nisbatan tinch hayot kechirib kelishgan. Myanma 1948 yilda Buyuk Britaniyadan mustaqil bo`lganidan keyin, oz sonli Kachin millatiga tenglik va o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini berishga va`da qilingan edi. Ammo, 1962 yilda Myanmada harbiylar nazoratni qo`lga olganlaridan so`ng mojaro boshlandi va Kachin erlarini himoya qilish uchun Kachin Mustaqil Armiyasi (KMA) tuzildi.

Aun San Su Chji 2016 yilda hukumat tepasiga kelganida o`zaro urushga barham beradi deb umid qilingandi. Ammo, mamlakat janubidagi Rohingyalar muammosi kabi, shimoldagi ushbu millat bilan bog`liq vaziyat ham yomonlashdi.
“O`tgan bir necha hafta davomida Kachin shtatida biz guvohi bo`layotgan voqealar butunlay nomaqbuldir va bunga tezda chek qo`yish kerak. Begunoh odamlar o`ldirilmoqda, yaralanmoqda va hozirda yuzlab oilalar jon saqlash maqsadida o`z boshpanalari tashlab qochmoqdalar” degan BMTning inson huquqlari bo`yicha eksperti Yangii Li o`tgan haftada.
Aprel oyidan beri 6800 dan ortiq qishloq aholisi og`ir artileriya hujumi tufayli o`z uylarini tashlab qochganlar. Bu esa o`nlab yillar davomida qochqinga aylangan 130 000 Kachinlarni sonini yanada ko`paytirdi. Qochqinlarning aksariyat qismi qalin o`rmonlarga tushib qolishgan yoki ziddiyat o`choqlarida qolib ketishgan. Ayni paytda gumanitar yordam tashkilotlari o`rmonlarda kun kechirayotgan qochqinlarga oziq ovqat etkazib berish, eng zarur mahsulotlar bilan ta`minlashga bo`lgan urinishlariga to`sqinlik qilinayotgani haqida bong urishmoqda.
Siyosiy tahlilchi va yozuvchi Stella Navning aytishicha: “Kachinda inson huquqlarini buzilishini ko`rsatib beruvchi aniq dalillarga qaramasdan, hududdagi vaziyat xalqaro jamoatchilik etiborini hali ham o`ziga qarata olmayapti. “Myanma harbiylari tomonidan muntazam ravishda tinch aholi nishonga olinayotganiga jahon hamjamiyati ko`z yummoqda”.

Taylandagi Kachin Ayollari Assosiyasi hamraisi San Xtoi Stella Navning fikrlariga qo`shilgan holda Kachinda “oz sonli millatga qarshi ko`rinmas urush” olib borilayotganini uqtiradi. U afsus bilan sal ilgariroq BMT xavfsizlik kengashi komissiyasi faqatgina Rakxayn shtatiga tashrif buyurganini va komissiya Kachindagi vaziyatdan bexabar holda mamlakatni tark etganini ta`kidlaydi.
Tabiy resurslar sababli yuzaga kelgan mojarolar San Xtoi so`ngi paytlarda mojaroning kuchayib ketayotganligini harbiylarning yangi strategiyasi bilan bog`laydi. Bu strategiyaga ko`ra Kachin Mustaqil Armiyasini (KMA) batamom yo`q qilish yoki uni sulh bitimini imzolashga majbur qilish nazarda tutilgan.
Ammo, harbiylarning Kachin shtatini nazoratda ushlab turishining yana bir sababi bor. Ya`ni bu xudud qahrabo, nefrit kabi konlarga boy hisoblanadi.

- Kachindagi urush birinchi navbatda boy tabiiy resurslar ustida ketayotgan urush, deydi San Xtoi. – “Chegara orqali Xitoyning Yunan provinsiyasiga hech qanday boj to`lovlarisiz, odatda noqonuniy olib o`tilayotgan nefritdan kelayotgan umumiy daromad milliardlarni tashkil etadi. Nefritning 50-80 foizi Xitoy chegarasi orqali kontrabanda yo`li bilan olib o`tilib, uning savdosidan kelayotgan daromad avvlambor harbiy elita, narkokartellar, qurolli guruhlar va Xitoyliklar cho`ntagiga kelib tushmoqda”.
Myanma hukumatining yaqin ittifoqchisi bo`lgan Xitoy o`z chegarasi yaqinida minomet snaryadlarining portlashiga qaramasdan Kachin mojarosiga ko`z yumib kelmoqda. Dastlab urush harakatlari davomida o`z joylarini tashlab qochishga majbur bo`lgan Kachinlar Xitoy tomonidan qabul qilingan bo`lsa, keyinchalik, ya`ni 2017 yilga kelib qochqinlar ortga qaytarib yuborildi.
Kachin Xristian millati vakillari hukumat mojarolarga chek qo`yishini talab qilib norozilik namoyishlari o`tkazmoqdalar.






