AsosiyJamiyat

Endilikda belgilanmagan joyda avtomobil qoldirgan haydovchi jarimaga tortiladi

'Endilikda belgilanmagan joyda avtomobil qoldirgan haydovchi jarimaga tortiladi'ning rasmi

Poytaxt yo`llarida harakat xavfsizligini ta`minlash, tirbandliklarning oldini olish va bartaraf qilish hamda yo`llarning o`tkazuvchanligini oshirish maqsadida Toshkent shahar IIBB tomonidan amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Biroq, shunga qaramay, to`xtash va to`xtab turish taqiqlangan yo`l belgilari ta`sir doirasida, shuningdek, avtobus bekatlari, trotuarlar, svetoforlar, burilish va qayrilib olish kabi belgilanmagan joylarda avtotransportlarning to`xtab turishi yoki ularni qarovsiz qoldirib ketish holatlari uchramoqda.


Bunday holatlarga qarshi ta`sir doirasini kuchaytirish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan endilikda belgilanmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar foto va video tasvirga olinib, o`rnatilgan tartibda qoidabuzarliklarni rasmiylashtirish jarayoni boshlandi.

Jarima miqdori esa 516 000 so`mni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar