AsosiyDunyo

Indoneziyada ketma-ket uchta cherkovda portlash sodir etildi

'Indoneziyada  ketma-ket uchta cherkovda portlash sodir etildi'ning rasmi

Indoneziyada ketma-ket uchta cherkovda portlash sodir etildi, deya xabar qilmoqda IVI.RU nashri.

Voqea tufayli xalok bo`lganlar soni 13 nafarga etgani xabar qilinmoqda.

Voqea Yava provinsiyasidagi Surabaya shahrida sodir bo`lgan. Birinchi hodisa Pentokostal cherkovida yuz bergan bo`lib, xudkush terrorchi avtomobilda kelib portlashni sodir etgan. Shundan so`ng Santa-Mariya cherkoviga motosiklda kelgan terrorchi portlovchi moddani xarakatga keltirdi. Oradan bir necha daqiqa o`tgach, Diponegero cherkovida ham shu kabi hujum uyushtirilgan.

Portlashlar natijasida umumiy hisobda 13 kishi hayotdan ko`z yumgan bo`lsa, 35 kishi yaralanib shifoxonaga olib ketildi. Mazkur hodisa uchun javobgarlikni IShID teroristik tashkiloti o`z zimmasiga olgan. Har uchala hudud xam polisiya tomonidan o`rab olingan bo`lib, atrofdagi avtomobillar qatnovi to`xtatilgan.

    Boshqa yangiliklar