Istanbul polisiyasi tomonidan "Islom davlati” terrorchilik harakatining 54 jangarisi qo`lga olindi.
Qayd etilishicha kecha kechqurun Istanbul shahrining 13 tumanidagi 19 manzil bo`ylab terrorizmga qarshi kurash amaliyoti o`tkazilgan. Polisiyaning taxminiga ko`ra “Islom davlati” terrorchilik guruhining qo`lga olingan a`zolari Suriyaga etib olishni rejalashtirayotgan bo`lgan.
Ma`lumot uchun: Suriya va Iroqdagi “Islom davlati” terrorchilik harakati ishtirokida boshlangan harbiy to`qnashuvlardan so`ng Turkiya huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan mazkur ishlarga aloqadorlikda gumon qilingan 5 mingdan ziyod kishi qo`lga olingan. Deportasiya qilinganlar soni 3 ming 290 nafarni tashkil qilsa, qolgan 38 ming kishiga Turkiyaga kelish taqiqlangan.
15.05.2018 12:07
Istanbulda bir kunda ellikdan ziyod jangari qo`lga olindi






