AsosiyJamiyat

"Tezkor pochta" xizmati butun O`zbekiston bo`yicha ishga tushdi

'"Tezkor pochta" xizmati butun O`zbekiston bo`yicha ishga tushdi'ning rasmi

Bugun 15 maydan boshlab "Tezkor pochta" xizmatidan "O`zbekiston pochtasi" AJning barcha shahar va tuman pochta bo`limlarida foydalanish mumkin. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, "Tezkor pochta" jo`natmalari maxsus tarzda belgilanadi va jo`natmaning etkazib berishdagi eng yuqori barcha bosqichlari ustuvor tartibda amalga oshiriladi. Ma`lum qilinishicha, ushbu xizmatning sifati va ko`rsatilgan etkazib berish kunlariga rioya qilish ham doimiy nazorat ostida.

Eslatib o`tamiz, shu yilning 10 aprel kuni "O`zbekiston pochtasi" AJning 15ta ob`ektida joriy etilgan yangi "Tezkor pochta" xizmati muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar