AsosiyJamiyat

Ertaga “O`zekspomarkaz”da yana bir xalqaro ko`rgazma ish boshlaydi

'Ertaga “O`zekspomarkaz”da yana bir xalqaro ko`rgazma ish boshlaydi'ning rasmi

Joriy yilning 16-18 may kunlari “O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazmalar majmuida an`anaviy «O`zbekiston neft va gazi – OGU 2018» xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tadi. Unda O`zbekiston, Yaponiya, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Singapur, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Shveysariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog`iston kabi davlatlar kompaniyalari o`z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etadi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shafeligi hamda “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va “Iteca Exhibitions” xalqaro ko`rgazma kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu xalqaro tadbir yurtimiz neft-gaz sanoati salohiyatini namoyish etish orqali soha ravnaqiga puxta zamin yaratadi. Shu bilan birga, ishtirokchilar neft va gaz qazib olish, uglevodorodlarni tashish, qayta ishlash borasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo`ladi.

O`zA xabariga ko`ra, ko`rgazma doirasida xalqaro konferensiya, yosh olimlar sessiyasi, «Yoshlar kuni» kabi bir qator tadbirlar o`tkazilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar