AsosiyJamiyat

Soliq organlarining 3132 nafar xodimiga qo`llanilgan intizomiy jazo choralari bekor qilindi

'Soliq organlarining 3132 nafar xodimiga qo`llanilgan intizomiy jazo choralari bekor qilindi'ning rasmi

Davlat soliq qo`mitasi rahbariyati qo`mita hay`ati a`zolari bilan kelishilgan holda, xodimlarning ishga bo`lgan munosabatini oshirish, mehnatiga yarasha rag`batlantirish va ularni qo`llab-quvvatlash maqsadida, faoliyati davomida yo`l qo`ygan ayrim kamchiliklari uchun berilgan turli darajadagi intizomiy jazo choralarining barchasini bekor qilish to`g`risida qaror qildi. Bu haqda «Xalq so`zi» gazetasi yozmoqda.

Unga asosan, Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari hamda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida xizmat qilayotgan 3132 nafar xodimlarga nisbatan qo`llanilgan «hayfsan», o`rtacha oylik ish haqining 10 foizidan 50 foizigacha bo`lgan jarima tarzidagi intizomiy jazo choralari muddatidan oldin bekor qilindi.

Ta`kidlash kerakki, o`ziga bog`liq bo`lmagan vazifalardagi xatoliklar yoki ogohlantirish va tanbeh berish bilan kifoyalanish mumkin bo`lgan holatlarda ham xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo`llanilishi xodimlarning ishga, vazifasini bajarishga bo`lgan munosabatning salbiy tomonga o`zgarishiga, jarima natijasida ish haqining keskin kamayishi esa xodimlar tomonidan tamagirlik va boshqa korrupsion holatlarning kelib chiqishiga sabab bo`lishi mumkin.

Endilikda xodimlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarmagan taqdirda ularga nisabatan intizomiy jazo chorasi qo`llash emas, balki egallab turgan lavozimidan ozod etilishi hamda ularning o`rniga vatanini sevadigan va uning iqtisodiy rivojiga o`zining munosib xissasini qo`shadigan yosh xodimlar bilan to`ldirilishi to`g`risida ogohlantirildi.

    Boshqa yangiliklar