AsosiyDunyo

Nyu-Yorkda dunyodagi eng noyob musiqa asboblarining kim oshdi savdosi o`tkaziladi

'Nyu-Yorkda dunyodagi eng noyob musiqa asboblarining kim oshdi savdosi o`tkaziladi 'ning rasmi

AQShning Nyu- York shahridadunyodagi eng noyob musiqa asboblari kim oshdi savdosi bo`lib o`tadi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Unda dunyodagi ilk elektron gitara ham auksionga qo`yiladi.

Elektron gitarabritaniyalik mashhur xonanada Jorj Xarrisonga tegishlidir. Nyu-Yorkdagi Julien auksionida tashkil etiladiganmusiqiy buyumlar savdosida eng yuqori ko`rsatgich qayd etilishi kutilmoqda. Mazkur elektron gitara 1960 yilda yasalgan. Uning boshlang`ich narxiikki yuz ming dollarga baholanishi kutilmoqda. Ekspertlarningtaxminiga ko`ra, u yarim millon dollardan yuqori narxga sotiladi. Kim oshdi savdosida 150 kishi qatnashish uchun rasmiy ro`yxatdan o`tgan.

Elektron gitara ko`pchilikning qiziqishiga sabab bo`lmoqda. Jorj Xarrison mazkur gitarada juda ko`plab mashhur kuylarni ijro etgan. Bundan tashqari, auksionda yana ko`plab noyob musiqa asboblarini ham ko`rish mumkin.

Kim oshdi savdosida Elton Jon, Maykl Jekson, Bob Dilan va Uitni Xyustonga tegishli boshqa musiqiy asboblar ham bor.Auksion jonli va onlayn tarzda amalga oshiriladi. U 19 may kuni bo`lib o`tadi. Har bir buyumning haqiqiyligi haqida sertifikatlar mavjud bo`lib, ular savdodan so`ng xaridorlarga topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar