AsosiyJamiyat

Odil Ahmedov va boshqa sportchilar poytaxtda masjid quradi

'Odil Ahmedov va boshqa sportchilar poytaxtda masjid quradi'ning rasmi

Sportning Turon yakka kurashi turi bo`yicha xalqaro turnirlar g`olibi Nargiza Vahobxo`jaeva Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari Shuhrat Turdiqulov qabuliga kirib, futbol bo`yicha Milliy terma jamoa a`zosi, iste`dodli futbolchi Odil Ahmedov va boshqa qator sportchilar bilan birgalikda Toshkent shahrida masjid qurish istaklari borligini ma`lum qildi.

Sh.Turdiqulov sportchilarning ushbu tashabbuslarini qo`llab-quvvatladi va Sergeli tumanida aholi ko`payib borayotgani va u erda tashkil etilayotgan yangi mahallalarda masjidga ehtiyoj borligini aytdi, deb yozadi O`zA.

Nargizaga tuman hokimligiga arxitektura qog`ozlari bilan murojaat qilish kerakligi borasida tushuncha berdi.

photo5469686704983091746.jpg

Muloqot davomida N.Vahobxo`jaeva boshchiligidagi sportchilarning poytaxtdagi «Islom ota», «Xo`ja Alambardor», “Shayx Zayniddin” kabi jome` masjidlari tozaligi va obodligiga hissa qo`shib kelayotgani ma`lum bo`ldi. Shuningdek, ular Haj ziyoratiga ketayotgan yurtdoshlarga ham ko`maklashib kelayotgan ekan.

    Boshqa yangiliklar