Sud hay`ati 55 yoshli enaga Yoselin Ortegani olti yoshli Lyusi Krim va uning ukasi Leoni o`ldirganlikda aybdor deb topdi, deya xabar qildi Mirror nashri.
Aybdorning o`zi bolalarning tanasiga oshxona pichog`ini suqayotganda unga iblis buyruq berib turganini ta`kidladi.
Tergov natijalariga ko`ra, Ortega bolalarning onasi Marina Krimga hasad qilgan. U Dominikan Respublikasida bir vaqtlar to`rt yoshli o`g`lini singlisining qo`lida qoldirgan ekan. Shu sabab u o`zini aybdor deb hisoblayvergan.
Sud Yoselin Ortegani umrbod qamoq jazosiga mahkum etdi.








