AsosiyDunyo

BMT: 10 yildan so`ng Dehli aholisi soni bilan Tokiodan o`zib ketadi

'BMT: 10 yildan so`ng Dehli aholisi soni bilan Tokiodan o`zib ketadi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo`yicha departamenti oldindan olib borgan hisob-kitobga ko`ra 2028 yilda Dehli aholisi ko`p megapolis sifatida Tokioni ortda qoldiradi. Taxmin qilinishicha, bu vaqtda Hindiston poytaxtida 37,2 million aholi yashayotgan bo`ladi.

Hozirda 37 million aholiga ega Tokio dunyodagi eng yirik megapolis hisoblanadi. Uning ortida hozircha 29 aholisi bilan Dehli turibdi. Ro`yxatning keyingi pog`onasini Shanxay egallagan. Bu shaharda 26 million inson istiqomat qilmoqda. Undan keyingi o`rinda Mexiko va San-Paulu shaharlari turibdi. Qoxira, Mumbay, Pekin va Dakka aholisi soni esa 20 million atrofida. 2020 yilga kelib Tokio aholisi soni qisqara boshlaydi. Natijada 2028 yilda Dehli dunyoning eng yirik megapolisiga aylanadi.

BMTning yana bir ma`lumotiga ko`ra hozirda dunyodagi jami 7,6 milliardlik aholining 55 foizi shaharlarda istiqomat qilmoqda. XXI asrning o`rtalariga borib Erda yashayotgan insonlar soni 9,8 milliardga etadi. Shunga muvofiq urbanizasiya darajasi 68 foizgacha oshishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar