1

Kollej o`quvchisining jinoyat sodir etishiga nima sabab bo`ldi?

Jinoyat 17.05.2018, 15:38
Kollej o`quvchisining jinoyat sodir etishiga nima sabab bo`ldi?

Joriy yilning 9 may kuni o`rtada kelib chiqqan janjal tufayli kollej o`quvchisi K.Salomov qo`shnisi S.Azimovga oshxona pichog`i bilan qasddan og`ir shikast etkazish jinoyatini sodir etdi.

Quyi Chirchiq tumani transport va xizmat ko`rsatish kasb-hunar kollejida ichki ishlar organlari xodimlari, ta`lim muassasalari rahbarlari, imom-xatib va mahallalar faollari ishtirokida ushbu jinoyatning muhokamasi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Kollej o`quvchisi K.Salomov qo`shnisi S.Azimov o`rtasida avvaldan o`zaro kelishmovchiliklar bo`lgani uchun mahalla faollari va profilaktika inspektori tomonidan bir necha marotaba profilaktik suhbatlar o`tkazilgan. Biroq shunga qaramay o`rtada yana kelib chiqqan janjal oqibati noxush holat bilan tugagan.

Muhokamada bu kabi huquqbuzarliklarning o`z vaqtida oldini olish, bu borada ta`lim muassasalari hamda ichki ishlar organlari hamkorligini yanada mustahkamlash, ota-onalar mas`uliyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi. Profilaktika inspektorlari tomonidan yuqoridagi kabi jinoyatlar qanday oqibatlarga olib kelayotgani hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1