AsosiyDunyo

Qrim va Rossiyani bog`lovchi yangi ko`prikda avtomobillar harakati boshlandi

'Qrim va Rossiyani bog`lovchi yangi ko`prikda avtomobillar harakati boshlandi'ning rasmi

Tantanali ravishda ochilgan Qrim va Rossiyani bog`lovchi yangi ko`prikda ilk avtomobillar qatnovi harakatlanishni boshladi, deya ta`kidlamoqda Lenta.ru nashri.

Kerch bo`g`ozida barpo etilgan temiryo`l ko`prigining avtomobillar uchun mo`ljallangan qismida sinov o`tkazildi. Shundan so`ng barcha avtomobillar uchun yo`l ochiq deb e`lon qilingan. Avvaliga OAV xodimlari va jamoat arboblarining avtomobillari harakatni boshlagan bo`lsa, ularning ortidan yuzlab baykerlar va mahalliy aholi vakillari o`tgan. Dastlabki bir soat davomida ko`prikdan mingdan ortiq mashina yurib o`tgani qayd etildi.

Andrey Merkulov:

– Men ko`prikning ilk yo`lovchisi ekanimdan xursandman. Kerchga ilk bora kelishim. Bilasizmi, bu qudrat va buyuklikning yana bir ramzidir. Qrim va Rossiyani to`g`ridan-to`g`ri bog`lovchi ko`prik uzoq yillar xizmat qilishini tilayman.

Mazkur ko`prik Evropadagi eng uzun ikki tomonlama intervalllardan biriga aylandi. Qrim ko`prigi ustidan barcha turdagi engil avtomobillar va yo`lovchi tashuvchi avtobuslar harakatlanishi mumkin. Belgilangan tezlik esa soatiga 90 km. etib belgilangan. Uning yana bir qismi hisoblangan temiryo`l liniyasining qurilishi esa 2019 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar