AsosiyDunyo

Senegal: polisiya va talabalar to`qnashuvi

'Senegal: polisiya va talabalar to`qnashuvi'ning rasmi

Senegalda talabalar va polisiya o`rtasida to`qnashuvlar sodir bo`lmoqda.

Senegaldagi Dakar Universiteti talabalari Gaston Berger Universitetida polisiya bilan to`qnashuv oqibatida halok bo`lgan talabaning o`limidan norozi ekanliklarini bildirishmoqda. O`qituvchilar tomonidan esa 48 soatlik ish tashlash e`lon qilindi. Talabalar polisiya binosi oynalariga tosh otib sindirishmoqda.

Shuningdek, Dakar universitetiga kirish va chiqish yo`llarini to`sib qo`yishdi. Bunga qarshi esa xavsizlik xodimlari ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo`lishgan. Senegalda talabalarning noqonunuiy yashash joylri bilan bog`liq muammo yuzasidan polisiya va talabalar o`rtasida tez-tez kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Biroq bu vaziyat oqibatida hozirga qadar o`lim xolati ro`y bermagan edi.

    Boshqa yangiliklar