AsosiyJamiyat

SamDUda kirish imtihoni aprobasiya tarzida o`tkaziladi

'SamDUda kirish imtihoni aprobasiya tarzida o`tkaziladi'ning rasmi

20 may kuni soat 9:00 da SamDU qoshidagi tayyorlov markazida abiturientlar uchun barcha yo`nalishlar bo`yicha aprobasiya-repitision (DTM namunasida) test o`tkaziladi. Bu haqda "Zarafshon" nashri xabar berdi.

Ishtirok etmoqchi bo`lganlar 18 maygacha ro`yxatdan o`tishlari kerak bo`ladi.

Aprobasion test SamDU ning “Amaliy matematika va informatika” fakulteti binosida o`tkaziladi.

Qatnashish bepul. Imtihonda ko`pi bilan taxminan 300 kishi ishtirok etishi mumkin bo`ladi.

Qo`shimcha ma`lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilish mumkin: (90) 656 09 19, (91) 297 62 12, (93) 729 01 41.

    Boshqa yangiliklar