Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja issiq, cho`l hududlarida 32 darajagacha issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.






