Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog`i shahzoda Garri va Megan Marklning to`ylarini ko`rsatadi. Tomoshabinlar marosimda ishtirok etayotgan barcha mashhur yulduzlarni, shu jumladan, Elton Jon, Jorj Kluni, Devid Bekxem va boshqalarni ko`radilar Shahzoda Garri va Megan Marklning to`y marosimi 19 may kuni Odnoklassniki ijtimoiy tarmog`ida to`g`ridan-to`g`ri olib beriladi. e/create
Ijtimoiy tarmoq BBC Worldwide bilan birgalikda teleko`rsatuvning 5-soatlik versiyasini Buyuk Britaniyadan to`liq namoyish etadi. Tantanalarni OK’dagi Ledi Mail.Ru medialoyihasi guruhida kuzatish mumkin, jonli efirni Ledi Mail.Ru saytida ham ko`rish mumkin. Shuningdek, ko`rsatuvni Odnoklassniki.Video guruhida BBC Worldwide ning ingliz tilidagi original sharhlari bilan tomosha qilish mumkin.Namoyish Rossiya va MDH mamlakatlari hududida Moskva vaqti bilan soat 11:00 dan 16:00 gacha davom etadi. Rus tilidagi namoyishni LediMail.Ru rahbari Elena Volodina va nashrning bosh muharriri Alya Badaninalar sharhlab borishadi.
Namoyishni har qanday uskunadan kuzatish mumkin: Odnoklassniki veb-versiyasida, iOS va Android dagi OK mobil ilovalarida, shuningdek, Smart TV va Android TV da «OK Video» ilovasida katta ekranda.Dastlabki uch soat davomida qirollik to`yining mehmonlari Berkshir grafligidagi Vindzor qasri hududida joylashgan Avliyo Georgiy ibodatxonasiga kelishadi, bu erda nikoh marosimi bo`lib o`tadi. Ikki yarim ming nafar taklif qilinganlar orasida dunyoga mashhur yulduzlar mavjud, ularning ichida ashulachi Elton Jon, Jorj va Amal Kluni, Devid va Viktoriya Bekxem, «Fors-majorlar» seriali artistlar guruhi, bu serialda Megan Markl va Garrining ikki nafar ilgarigi tanish qizlari suratga tushishgan. Moskva vaqti bilan soat 14:00 da marosimning o`zi boshlanadi. Qasamyoddan keyin kelin va kuyov Vindzor bo`ylab mashinada o`tishadi, hamda tantana mehmonlari va tomoshabinlarini qutlashadi.






