1

Toshkentda 7 kunlik chaqalog`ini 4 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

Jinoyat 19.05.2018, 11:58
Toshkentda 7 kunlik chaqalog`ini 4 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

Toshkent shahar IIBB JQB va Bosh prokuratura xodimlari 7 kunlik chaqalog`ini 4 ming AQSh dollari evaziga sotmoqchi bo`lgan ayolni qo`lga oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar IIBBga poytaxt hududida ayol kishi o`zining shu yil 5 may kuni dunyoga kelgan qiz farzandini sotish uchun mijoz qidirayotgani haqidagi xabar kelib tushgan. Mazkur ma`lumot asosida Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi hamda O`zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamkorligida tezkor tadbir rejasi ishlab chiqildi. Ushbu tezkor tadbir davomida Toshkent viloyatida tug`ilgan 23 yoshli Xayriniso (ismi o`zgartirilgan) qo`lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan («odam savdosi») jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ona ota-onalik huquqidan mahrum qilindi, chaqaloq mehribonlik uyiga joylashtirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1