AsosiyDunyo

Afg`onistondagi stadionda portlash sodir bo`ldi, qurbonlar bor

'Afg`onistondagi stadionda portlash sodir bo`ldi, qurbonlar bor'ning rasmi

Afg`onistonning Jalolobod shahrida sodir etilgan uchta portlash oqibatida sakkiz kishi halok bo`ldi, 45 kishi esa jarohatlangan.

Nangaxar shtati gubernatori vakili Ottaullox Xogyanining qayd etishicha, portlashlar shahar stadionida kriket bo`yicha uchrashuv vaqtida yuz bergan.

Halok bo`lganlar orasida musobaqa tashkilotchisi va Mehtarlam shahri hokimi o`rinbosari ham borligi aytilmoqda.

Bu so`nggi vaqtlarda Jalolobodda sodir etilgan ikkinchi portlash bo`lib, 13 may kuni ham bojxona boshqarmasi yaqinida terrorchi o`ziga o`rnatilgan portlovchi qurilmani ishga tushirgan. Shu kuni 6 kishi halok bo`lgan, 20 kishi jarohatlangan. Portlashdan keyin qurollangan shaxslar binoga hujum qilishdi.

    Boshqa yangiliklar