O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan xalqaro ekologiya huquqi bo`yicha xorijiy ekspertlar F.Kroiz, F.Tushe va V.Doumo ishtirokida Evropa Ittifoqining “O`zbekistonda qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida suv qonunchiligini qo`llash masalalari bo`yicha seminar bo`lib o`tdi.
Tadbirda Akademiyaning professor-o`qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etdi.
Seminar doirasida xorijiy ekspertlar tomonidan Fransiya, Avstriya, Niderlandiya va boshqa Evropa mamlakatlarining suv sohasini huquqiy tartibga solish amaliyoti namoyish etildi, Evropa Ittifoqining tabiati va suv qonunchiligi, shuningdek, ekologiya siyosatining qisqacha tavsifi o`tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan davlatlararo miqyosda transchegaraviy daryolardan foydalanishda mavjud bo`lgan dolzarb masalalar ko`tarilib, ularni hal qilish yo`llari muhokama qilindi.
O`zA xabariga ko`ra, seminar davomida O`zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligini takomillashtirish, suv xo`jaligi sektorini tartibga solish, rejalashtirish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.






