AsosiyJamiyat

Hosildor tut navi Prezidentimizda katta taassurot qoldirdi

'Hosildor tut navi Prezidentimizda katta taassurot qoldirdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbarining «Andijan Silk.Co» qo`shma karxonasiga tashrifi chog`ida «Marhamat - 2017» tuti haqida ma`lumot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bu nav marhamatlik olim Abdufattoh Musurmonqulov tomonidan mahalliy «O`zbekiston» va Yaponiyaning «Oshima» navlarini payvand qilish orqali o`stirilgan. Uning barglari katta va orasi tig`iz, shuning evaziga hosildorligi yuqori. Masalan, oddiy tutning bir gektaridan 20 tonna barg olinsa, «Marhamat - 2017» navidan 40 tonnagacha barg olish mumkin.

«Pillachilik milliy qadriyatimiz, boyligimiz. Undan uch martagacha hosil olish, tayyor mato ishlab chiqarib, katta daromad topish imkoniyati bor. Bizga faqat ozuqa - tut bargi etishmaydi. Avvalgi tutlar qarigan, hosildorligi pasayib ketgan. Pillachilikni rivojlantirish uchun mana shunday intensiv va mahsuldor navlarni ko`paytirish kerak» dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar