AsosiyJamiyat

Harob ahvolda bo`lgan Shahrobod mahallasi butunlay yangicha qiyofa kasb etdi

'Harob ahvolda bo`lgan Shahrobod mahallasi butunlay yangicha qiyofa kasb etdi'ning rasmi

Prezidentimiz Ulug`nor tumanidagi Shahrobod mahallasida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko`zdan kechirdi, odamlar bilan muloqot qildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Yaqin-yaqingacha harob ahvolda bo`lgan Shahrobod mahallasi butunlay yangicha qiyofa kasb etdi. 24 ta ko`p qavatli uy, bolalar bog`chasi va maktab kapital ta`mirlandi. Tomlari yangilanib, tunuka shifer bilan qoplandi. 7,3 ming kvadrat metr maydonga bruschatga yotkizildi, yoritish chiroqlari, dam olish o`rindiqlar o`rnatildi.

Qurilish va obodonlashtirish ishlari yana davom etadi.150 o`rinlik to`yxona, xammom, mini-marketlar quriladi. qandolatchilik va tukuvchilik sexi tashkil etiladi.

Prezidentimiz ushbu galdagi loyihalar bilan tanishdi. Tumanlar markazlari bosh rejalarini ishlab chiqish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

    Boshqa yangiliklar