AQShning Indiana shtati, Sallivan shahrida 70 nafar polisiya xodimi marhum hamkasblarining besh yashar o`g`lini maktabga quzatib qo`ydi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru.
Terre-Xot shahri polisiyasida faoliyat olib borgan ofiser Rob Pitts (Rob Pitts) 4 may kuni qotillikda gumon qilinayotgan kimsa bilan bo`lgan otishmada halok bo`lgan edi. Shundan so`ng ofiserning 5 yashar o`g`li Dakota 10 kun davomida maktabga bormaydi. Faqatgina 14 may kuni maktabga qaytadi. Dakota onasidan otasining hamkasblaridan birontasi uni maktabga kuzatib qo`yishini so`raydi. Bolaning onasi marhumning do`stlariga qo`ng`iroq qiladi va Dakotaga madad berish uchun 70 nafar polisiyachilar etib keladi. Polisiya xodimlari bolaga futbolka va polisiya ko`krak nishonini taqdim etishdi.
“Endi u otasi chinakam qahramon bo`lganini biladi”, – deydi Dakotaning ammasi Kelli Jons (Kelli Jones).






