Ulug`nor tumani hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Bu xaqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari so`zining boshida barchani Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan muborakbod etdi.
«Mamlakatimiz musulmonlarini, aziz xalqimizni Muborak Ramazon oyi bilan chin yurakdan tabriklayman. Ro`zadorlarga sihat-salomatlik, sabr-qanoat tilayman. Yaratgandan barcha savob ishlarimizni o`z dargohida qabul qilishini, yurtimizga fayzu baraka yog`dirishini so`raymiz» dedi Shavkat Mirziyoev.
Yig`ilishda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, qo`shimcha manbalar topish hisobidan ish o`rinlari tashkil etish masalalariga e`tibor qaratilmoqda.






