Qoraqalpog`iston Respublikasi Majburiy ijro byurosi shahar va tuman bo`limlari davlat inspektorlariga 28 skuter va respublika boshqarmasiga bitta zamonaviy avtomobil tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
O`tgan yil iyul oyida tabiiy gazdan to`lov rejasi 165 foizga, avgust oyida 138 foizga bajarilgan. Joriy yilning I choragida elektr energiyasi uchun belgilangan 73,1 milliard, tabiiy gaz uchun belgilangan 105,4 milliard, suv ta`minoti uchun belgilangan 9,2 milliard so`mlik reja bajarilgan.
Bunday ijobiy ko`rsatkichlar yuqori baholanib, byuro faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi, tuman va shahar bo`limlariga yangi rusumdagi maxsus avtomototransport vositalari foydalanish uchun topshirildi.






