AsosiyDunyo

Kann kinofestivalida g`oliblar nomi e`lon qilindi

'Kann kinofestivalida g`oliblar nomi e`lon qilindi'ning rasmi

Fransiyaning Kann shahrida bo`lib o`tayotgan 71- Xalqaro Kann kinofestivalida g`oliblar nomi aniqlandi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Kinofestivalning yopilish marosimi oldidanturli nominasiyalar bo`yichag`oliblar nomi e`lon qilindi. Unga ko`ra, “Oltin palma yaprog`i” mukofoti Xirokadzu Kore Edining “Do`kon o`g`rilari” filmiganasib etdi.

Qozog`istonlikaktrisa Samal Eslyamovna “Ayka” kinokartinasida ijro etgan roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” nomiga munosib deb topildi. “Eng yaxshi erkak aktyor” maqomi esa italiyalik Marchello Afentegga nasib etdi. “Eng yaxshi rejissyor” sovrinini polshalik Pavel Pavlikovskiy “Sovuq urush” filmi uchun qo`lga kiritdi.

“Bu nafaqat mening, balki butun jamoaning g`alabasidir. Aktyorlardan tortib, rassomgacha barcha ijodkorlar ushbu mukofot soxiblaridir. Men shunday nufuzli marosimda ishtirok etib, g`olib bo`lganimdan xursandman”, dedi Pavel Pavlikovskiy.

Rejissyor Jan Lyuk Godarning “Obraz va nutq ” filmi kinofestivalning maxsus mukofoti bilan taqdirlandi. Shu tariqa yuzlab jahon kinosanoati vakillarini bir joyga to`plagan Xalqaro Kann kinofestivali o`z nihoyasiga etdi. Marosim doirasida bir qancha yangi filmlar taqdimoti va ko`rgazmalar namoyishi bo`lib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar