AsosiyJamiyat

Prokuraturada ishlashni istaysizmi?

'Prokuraturada ishlashni istaysizmi?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi PF-5418-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta`minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida ishga qabul qilishning shaffofligini, uning shaxsiy va kasbiy sifatlardan kelib chiqib hamda ochiqlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida Inspeksiyaning bo`sh lavozimlariga nomzodlar tanlovi e`lon qilingan.

Nomzodlar tanlovi Inspeksiya hududiy boshqarmalarining quyidagi lavozimlari uchun o`tkaziladi:

- oziq-ovqat xavfsizligi ta`minlanishi va chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish, qishloq xo`jaligi ekinlari urug`lari etishtirilishi va ta`minotini nazorat qilish, paxta xom ashyosi, don, urug`lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish, texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish, qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan suv resurslari va erlardan foydalanishni nazorat qilish bo`yicha katta inspektor (nomzodlarga talablar: injener-mexanik, muhandis-gidrotexnik, suv xo`jaligi va meliorasiya, suv omborlari gidrologiyasi, gidromeliorasiya tizimlaridan foydalanish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish, oziq-ovqat texnologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi, seleksiya urug`chiligi, agronomiya, dehqonchilik mahsulotlarini etishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi, zootexnik, qishloq xo`jaligi hayvonlarini urchitish, ko`paytirish va ularning seleksiyasi mutaxassisliklari bo`yicha oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumot, kamida uch yil ish staji, zarur bilim va malakaga ega bo`lish);

- axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish sho``basi bosh inspektori (nomzodlarga talablar: zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan professional darajada foydalanish).

Nomzodlarga ko`rsatilgan maxsus malaka talablaridan tashqari prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish bo`yicha barcha nomzodlarga qo`yiladigan umumiy talablar amal qiladi.

Inspeksiya xodimlariga prokuratura organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza choralari qo`llaniladi.

Telefon raqamlarini ko`rsatilgan holda rezyume va boshqa ma`lumotlarni agroinspeksiya@prokuratura.uz elektron manzilga jo`natishingizni so`raymiz.

Ariza topshirish muddati 2018 yil 30 iyungacha.

Ma`lumot uchun telefon: (0371) 120-59-36, 120-59-20.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta`minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.

Manzil: Toshkent shahri, Obinazir ko`chasi, 109-uy.

    Boshqa yangiliklar