2018 yildan boshlab har yili kelgusi yil uchun jahon adabiyotining eng sara namunalarini o`zbek tiliga hamda o`zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish rejalashtirilgan adabiyotlar ro`yxati ishlab chiqiladi.
Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o`zbek tiliga hamda o`zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.
Qarorga muvofiq, 2018 yildan boshlab har yili kelgusi yil uchun jahon adabiyotining eng sara namunalarini o`zbek tiliga hamda o`zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish rejalashtirilgan adabiyotlar ro`yxati hamda ularning adadi bo`yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Nashr etilgan adabiyotlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan taqsimot bo`yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga tarqatiladi.
Tarjima qilinishi va nashr etilishi rejalashtirilayotgan asarlar ushbu asarlar mualliflari yoki muallif huquqiga ega bo`lgan shaxslarning roziligini olgan holda nashr etiladi.






