AsosiyJamiyat

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK uchinchi “Boing-787” Dremlayner samolyotining ekspluatasiyasini boshladi

' “O`zbekiston havo yo`llari” MAK uchinchi “Boing-787” Dremlayner samolyotining ekspluatasiyasini boshladi'ning rasmi

Joriy yilning 20 may kuni «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi yangi Boing-787 Dreamlinerda Toshkent–Moskva–Toshkent yo`nalishi bo`yicha birinchi parvozni amalga oshirdi.

Toshkentdan «orzu layneri»da 244 nafar yo`lovchi parvoz qilib, qaytishda 259ta yo`lovchi uchib keldi.

Ta`kidlash joizki, «O`zbekiston havo yo`llari» MAK 2016 yil sentyabr oyidan Boeing-787 Dreamliner samolyotining tijoriy ekspluatasiyasini boshlagan. Bugungi kunda ushbu rusumdagi ikkita laynerda Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur, Singapur va Nyu-Yorkka qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Yaqin kunlarda «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasining uchinchi Dreamlineri ham uzoq masofalarga transatlantik qatnovlarni bajarishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar