AsosiyDunyo

Peruda buqalar jangi: baxtsiz hodisa

'Peruda buqalar jangi: baxtsiz hodisa'ning rasmi

Peruda o`tkazilgan buqalar jangi festivalida baxtsiz xodisa ro`y berdi, deya ta`kidlamoqda Krovportal.ru nashri.

Peruning Uankavelika shahrida tashkil etilgan “Toro chutay” nomli festivalning birinchi kunida ishtirokchi buqalardan biri odamlarga hujum qildi. Natijada esa kamida 10 kishi turli darajada jarohat olgan.

Buqa kutilmaganda quturib stadion atrofidagi odamlarni shoxlari bilan suzishni boshlagan. Maxsus xodimlar esa uni tinchlantirishga urinishdi. Yaradorlar yaqin oradagi shifoxonalarga joylashtirilgan. Ushbu voqeaga qaramay mamlakatda mashhur hisoblangan festival hafta so`ngiga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar