1

Toshkent viloyatida traktor o`g`risi uch yildan so`ng qo`lga olindi

Jinoyat 28.05.2018, 12:26
Toshkent viloyatida traktor o`g`risi uch yildan so`ng qo`lga olindi

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida uch yil oldin traktor o`g`irlagan shaxs qo`lga olindi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

“2015 yil 26 aprel kuni «Ego Agro Product» fermer xo`jaligi rahbari A.G. IIBga murojaat qilib, unda 2015 yi 25 aprelga o`tar kechasi noma`lum shaxs shu fermer xo`jaligi dalasidan TTZ-75 J “New Holland-U” rusumli traktorini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan edi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahrida yashovchi, A.E. sodir etganligi aniqlanib ushlandi va undan daliliy ashyo sifatida traktor olindi”, — deyilgan xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1