1

Olib qochilgan "Matiz" avtomashinasi qismlarga ajratilgan holda topildi

Jinoyat 31.05.2018, 15:08
Olib qochilgan "Matiz" avtomashinasi qismlarga ajratilgan holda topildi

2018 yil 10 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida noma`lum shaxs Bunyodkor ko`chasida joylashgan “Do`stlik” bozori oldida qarovsiz qoldirilgan D.R. ismli ayol boshqaruvidagi “Matiz Best” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.

"Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Bunyodkor ko`chasida joylashgan “Karvonboshi” oshxonasi oldidan 4 dona g`ildiraklari, old va orqa tomon o`rindiqlari, kondisioneri, old tomon chiroqlari echib ketilgan, hamda avtomashina salonida bo`lgan D.R.ni fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi va avtomashina hujjatlari olib ketilgan holda topilgan", deyilgan O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarda.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan M.Yu. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1