1

Malikamiz romantikaga qarshi!

Mutolaa 31.05.2018, 15:50
Malikamiz romantikaga qarshi!

Yana har xil xayollarga borib yurmang: men xotinimdan shikoyat qilmoqchi emasman. Xudoga shukur, besh yildan beri binoyidek yashab kelyapmiz. Faqat... shu kelingizning o`ta realistligi, hisob-kitobga o`chligi bor-da... Axir inson sal go`zallikka, orzu-havasga, boringki... romantikaga moyil bo`lishi kerak-ku?

Hech kimga aytmasangiz,qalbimiz sohibasi bilan oramizda bo`lib o`tgan bir hangomanishipshitib qo`ysam, g`iybat emas, shunchaki... mayli siz aytgandek hasrat bo`la qolsin.

Kuni kecha to`yimizga naq beshyil bo`ldi. Beshyil-a? Axir bu kunni nishonlash kerak-ku? Lekin Malikamiz (yo`q, maqtavormayapman, ismlari shunaqa) bunaqa tadbirlar bilan kelisholmaydilar. Hatto, tug`ilgan kunlarni ham o`ta oddiy, kamchiqim o`tkazish tarafdori. Shunaqaligini bilsam-da, bu gal bu kechani boshqachroq nishonlamoqchi bo`ldim. To`g`rirog`i, syurpriz qilmoqchi edim. Besh yilda bir marta bir romantik kecha bo`la qolsin. Ishdan vaqtliroq qaytib, taraddudni boshladim.

Xullas, hamma narsa muhayyo. Hammasi xuddi sevgi muhabbat haqidagi kinolardagidek. Yoqimli musiqa taraladi. Atrofda atirgullarning muattar hidi. Kecha o`zim yozgan maxsus she`rni esimdan chiqmasin deb pichirlab o`tiribman. Mana, nihoyat, Malikamiz ishdan chiqib, bog`chadan Sultonimiz (erkalatayotganim yo`q, o`g`limizning ismi shunaqa) olib, yo`l-yo`lakay do`kondan ul-bul xarid qilib, kelyaptilar.

Eshik qo`ng`irog`i jirinlashi bilan maxsus kiyimlarda unga peshvoz chiqdim.

Malikamiz har doimgidek tund kayfiyatda kirib keldi.

— Uff, qaysi bekorchi pod`ezdga atirgul lachaklarini sochib tashlabdi. O`g`lingizga qarab turing, men supurib chiqmasam...

Shoshmang, - dedim Sultonimizni uning qo`lidan olib, peshonasidan o`parkanman.Axir bu gullarni sizning yo`lingizga poyandoz qilish uchun men sochgandim.

Malikamiz asabiy bosh chayqadi:

— Obbo erinmagan banda-ey, bir kami...keyin menga qarab shahlo ko`zlari battar kattalashdi.Ie, ha? Oq ko`ylak, qora kostyum... Qayoqqa? Ie Alimardon pochchamning mo`yloviday galstuk ham taqvopsiz? Nima balo, babochka taqib, «Zakovat»ga chiqmoqchimisiz?

Obbo, bunga romantika yoqmasa nima qilay?

Bir amallab unga bugun bayram ekanini tushuntirdim. Ohista qo`lidan tutib, bezatilgan xonaga boshlamoqchi bo`ldi:

Qani malikam, nozik qo`lingizdan tutib, baxt koshonasiga taklif etsam, kamtarona dasturxon...

— Mayli, mayli, Sultoningiz ishtonini ho`llab qo`ygandi yo`lda, shuni almashtirib chiqay,keyin...

— Plastmassa ekan shekilli, eb bo`ladimi desam. Nima deyotgandingiz?

— Oyi, chishsha qilamaaaan!

— Qo`ying-e, qitig`im kelyapti, shunaqa qiliqlaringizam bor bo`lsin-da!

Vannaxonada ancha kuymalanib bir nimalar qilib, uy kiyimida maxsus xonaga kirdi Malikamiz.

— Voy dadasi, nima balo, chiroq o`chdimi? Ana vannaxonada yoqiq-ku? Shoshmang zapas lampochka...

— Malikam,shunchaki bugungi oqshomimiz pushtirang shamlar yog`dusi ostida kechsin deb...

— E, qanaqa narsalarni o`ylab yurasiz-a?

Xotinim shartta chiroqni yoqib, shamlarni puflab o`chirdi. Shu asnoda stol ustida turgan, o`rtasi oq atirgullar bilan 5 raqami ajralib turgan qip-qizil gullardan iboratkattakon guldasta va dasturxon ustida ulkan qo`sh yurak tasviri ichidaikkita oqqush shakli ishlangan tortga qarab ko`zlari shokosadan chiqqudek bo`ldi:

— Voy xudo, sho`rimiz quridi-ku? Bu guldastayu tort uchunuchun kamida bitta oyligingiz ketgandir?

— Yarim oyligimketdi, xolos, - dedim uning kuyinayotganidan ajablanib.Axir bugun siz bilan baxt qasriga qadam qo`yganimizga naq besh yil bo`ldi. Ana shu qutlug` kunga atab kecha bitta she`r o`qigandim.

Bu paytda Sultonimiz tortning ustidagi ikkita oqqushning haykalini olib qiyqirib yugura boshlagandi. Endigina she`r o`qiy boshalagnimda, Malikamiz erga ursa osmonga sapchiydigan sultonimizni quva ketdi. Keyin oqqushlarni birma-bir ko`rib, dasturxonning bir chetiga qo`ydi:

Men ko`zlarimni yumib she`r o`qishda davom etdim:

Ey mening malikam, qaro ko`zligim,

Qalbimning bahori, shirin so`zligim...

Xuddi shu asnoda yana sultonimiz ko`rindi. Xullas, Malikamiz o`g`illarini urisha urisha yana chiqib ketdi. She`rxonlikdan ish chiqmasligini bilib, telefonimdagi ertalab yuklab olingan Shtrausning «Bahor ovozi»ni yoqib qo`ydim.

Bir payt yana malikamizning norozi ovozi yangardi:

— Yana shu zerikarli musiqami? Undan ko`ra Yulduzning yangi konsertini eshitaylik.

— Azizam, bu Shtraus-ku? Klassika! Keling bugun bitta valsga tushaylik.

Ochig`i shu paytgacha Malikam bilan valsga tushmaganman. Bir qo`lidan tutib, beliga qo`l yuborsam, sapchib tushdi:

...Xullas, to`yimizning besh yilligi shu taxlit romantika bilan nishonlandi. Ana, Malikamiz sultonimizni bag`riga bosganicha dong qotib uxlayapti. Men esa, deraza osha mo`ralayotgan to`lin oyga tikilgancha romantik xayollar surish bilan bandman.

Otashin Qalb

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1