Toshkent shahar IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi xabariga ko`rao`ra, Toshkent agrar universitetining sobiq xodimi, xozirda kasb-hunar kollejlaridan birining direktori hamda ushbu universitetning 2-kurs talabasi 6 ming AQSh dollari evaziga oliy ta`lim muassasasiga o`qishga kirishga taklif qilayotgani aniqlandi.
O`tkazilgan tezkor tadbir natijasida gumondorlardan biri talab qilingan summaning yarmini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo`lga olindi.
Ayblanuvchining ko`rsatmalariga asosan ikkinchi gumondor ham Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan to`plangan daliliy ma`lumotlar asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 va 211 moddalari bilan jinoiy ishi qo`zg`atildi.