O`zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasidan xabar berilishcha, joriy yilning 29 may kuni IIVga murojaat qilgan fuqaroning arizasi yuzasidan Vazirlik Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sirg`ali tumani Xalq ta`limi bo`limi xodimi M.B. Sirg`ali tumanining 7-mavzesidagi 1-uy oldida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi fuqarodan o`zi mas`ul bo`lgan tuman hududidan jami 120 mln. so`mlik kapital ta`mirlash ish hajmini hal qilib berish evaziga firibgarlik yo`li bilan 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






