AsosiyJinoyat

Pul evaziga tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomani tayyorlab berishni va`da qilgan vrach-ginekolog qo`lga olindi

'Pul evaziga tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomani tayyorlab berishni va`da qilgan vrach-ginekolog qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Buxoro shahrida o`tkazilgan tezkor-tadbirlar davomida, uy sharoitida tug`ilgan bola uchun tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma tayyorlab berishni va`da qilib, fuqarodan 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan vrach-ginekolog qo`lga olindi.

Kogon shahrida yashovchi fuqaro, Buxoro viloyati IIB boshlig`i nomiga ariza orqali murojaat qilib, Buxoro shahridagi 7-sonli poliklinikada vrach-ginekolog vazifasida ishlovchi “Zilola” imli ayol uning qornidagi homilasini uy sharoitida tug`dirganligini, buning evaziga 400 AQSh dollari olganligini, hozirda bolasining tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnomasi yo`qligi sababli unga viloyat Tibbiyot Birlashmasida ishlovchi tanishlari orqali guvohnoma tayyorlab berishi mumkinligini, buning uchun esa, 300 AQSh dollari berishini talab qilayotganligini bildirib, ushbu ayolga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Olib borilgan tadbirlar nitajasida, 1981 yilda Buxoro shahrida tug`ilgan, muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 114-moddasida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan, Buxoro shahridagi 7-sonli oilaviy poliklinikada akusher-ginekolog vrach vazifasida ishlovchi Z.O. 300 AQSh dollarni olayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Shuningdek, tibbiyot tirlashmasida operator vazifasida ishlab kelayotgan, 1994 yilda Kogon tumanida tug`ilgan M. A. ham o`zining jinoiy sherigi Z. O.dan ushbu pullarni olayotgan vaqtida qo`lga olingan.

Endilikda o`zlarining qing`ir “faoliyat”lari bilan egnidagi oq xalatiga qora dog`larni tushirgan bu ikkala hamtovoq ayollar qilmishlariga yarasha qonun oldida javob berishlari tayin.

    Boshqa yangiliklar