AsosiyJinoyat

Bekobodlik shaxs profilaktika inspektoriga pichoq bilan jarohat etkazdi

'Bekobodlik shaxs profilaktika inspektoriga pichoq bilan jarohat etkazdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, 3 iyun kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi N.B. tuman IIBga qo`ng`iroq qilib, uning uyi oldida “Sardor” ismli shaxs mast holda janjal ko`tarib bezvota qilayotganligini ma`lum qilib yordam so`ragan.

Mazkur xabar yuzasidan shu hududga xizmat ko`rsatuvchi tuman IIB profilaktika inspektori B.A. voqea joyiga kelib, Bekobod shahrida yashovchi muqaddam 3 marotba sudlangan S.R.ni tartibga chaqirgan vaqtida u profilaktika inspektorini chap ko`krak qismiga pichoq bilan urib, voqea joyidan qochib ketgan, profilaktika inspektori jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida S.R. ushlangan.

    Boshqa yangiliklar