Toshkent shahri Yashnobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida YTH sodir etildi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 4 iyun kuni Yunusobod tumanida yashovchi M.Sh. o`zining boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashinani Farg`ona yo`li ko`chasida joylashgan “Makro” supermarketi oldida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Jizzax shahrida yashagan N.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir etgan.
Natijada “VAZ-2106” rusumli avtomashina yo`lovchisi R.Sh. jarohat olib voqea joyida va “Matiz” avtomashinasi haydovchisi N.M. kasalxonaga keltirilganida vafot etganlar.
Shuningdek, “VAZ-2106” avtomashinasi haydovchisi M.Sh. va uning qolgan yo`lovchilari M.N., G.N. hamda F.M.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.






