AsosiyJamiyat

Issiq suv ta`minoti Sizni qoniqtiradimi?

'Issiq suv ta`minoti Sizni qoniqtiradimi?'ning rasmi

Ko`p kvartirali uylarda issiqlik ta`minoti xizmatlari ko`rsatish qoidalariga asosan O`zbekiston sharoitlarida markaziy tizimlar orqali issiq suv bilan ta`minlashda issiq suv harorati suv olish nuqtasida 50-75°Sga muvofiq bo`lishi lozim.

Bunda issiq suv haroratining yo`l qo`yiladigan chetga chiqishlaridan har bir 3°S orqaga qaytganda issiq suv ta`minoti xizmati uchun to`lov miqdori 0,1 foiziga kamaytiriladi.

Suv olish nuqtasida harorat 40°Sdan past bo`lganda iste`mol qilingan suv uchun to`lov ichimlik suv ta`minoti xizmatlari uchun iste`molchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tarif (sovuq suv tarifi) bo`yicha amalga oshiriladi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar