Chempionat doirasida Mudofaa vazirligi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi, vazirlik sport klubi sportchi va musobaqa ishtirokchilari birinchi o`zbek jahon chempioni, faxriy bokschi Rufat Risqiev uyiga borishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati xabar qildi.
O`zbek degan nomni dunyoga tanitgan va “O`zbek yo`lbarsi” deya e`tirof etilgan jahon chempioni Rufat Risqiev bilan harbiylar bir dasturxon atrofida samimiy suhbat qurishdi. Bundan bir necha oy muqaddam og`ir xastalikka uchragan faxriy bokschi mehmonlarga tarixiy g`alabalarini, o`tgan asrning murakkab sharoitlarda, ayniqsa, o`zbek sportchilarining nufuzli musobaqalarda ishtirok etishi, o`sishiga qo`yilgan to`sqinliklar davrida boshidan o`tkazgan voqealarni so`zlab berdi.

Tashrif yakunida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan Rufat Risqievga moddiy yordam ko`rsatilib, esdalik sovg`alari ulashildi.






